Hindistonda Nipah virusi bilan bog'liq ikkinchi o'lim holati qayd etildi. Vafot etgan shaxs - bu "nol bemor" deb atalgan bemorga g'amxo'rlik qilgan hamshira.
Keyinchalik Nipah virusi testi salbiy natija ko'rsatgan bo'lsa-da, bemorda og'ir o'pka infektsiyasi rivojlandi. Ayol sun'iy nafas olish apparatiga ulangan, ammo uni saqlab qolish mumkin bo'lmadi - u infektsiyaning asoratlaridan vafot etdi. Kasallik fonida uning immuniteti keskin zaiflashgan, so'ngra yurak faoliyati to'xtagan.
Nipah virusi odamlarga hayvonlar, birinchi navbatda, ko'rshapalaklar va cho'chqalardan yuqadi. Infektsiya nafas olish tizimiga ta'sir qiladi va ensefalitni keltirib chiqarishi mumkin. Mutaxassislarning baholashicha, o'z vaqtida tibbiy yordam ko'rsatilmasa, o'lim darajasi 75% ga yetishi mumkin.
Source: kun.uz