Hindistonda Nipah virusi bilan bog'liq ikkinchi o'lim holati qayd etildi. Vafot etgan shaxs - bu "nol bemor" deb atalgan bemorga qarovchi hamshira.

Keyinchalik Nipah virusi uchun test salbiy natija ko'rsatgan bo'lsa-da, bemorda og'ir o'pka infektsiyasi rivojlandi. Ayol sun'iy nafas olish apparatiga ulangan, ammo uni saqlab qolish mumkin bo'lmadi - u infektsiyadan kelib chiqqan asoratlar tufayli vafot etdi. Kasallik fonida uning immuniteti keskin zaiflashgani, so'ngra yurak to'xtaganligi xabar qilinmoqda.

Nipah virusi odamlarga hayvonlar, asosan yarasa va cho'chqalardan yuqadi. Infektsiya nafas olish tizimiga ta'sir qiladi va ensefalitni keltirib chiqarishi mumkin. Mutaxassislarning baholashicha, o'z vaqtida tibbiy yordam ko'rsatilmasa, o'lim darajasi 75% ga yetishi mumkin.

Source: kun.uz