WhatsApp: Rossiya mamlakatda ilovani to‘liq bloklashga urindi
WhatsApp kompaniyasi Rossiya hokimiyati mamlakatda uning ishini "to‘liq bloklashga" urinishini va buning orqali odamlarni "davlat tomonidan nazorat qilinadigan, kuzatuvdan himoyalanmagan ilovaga o‘tkazishga" intilishini e'lon qildi. Bayonot 11-fevral kuni Rossiyada bloklangan X ijtimoiy tarmog‘ida ingliz va rus tillarida chop etildi.










