Mamlakatning ko‘p hududlarida bugun beqaror ob-havo, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir kuzatiladi, ammo dam olish kunlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi va havo harorati ko‘tariladi.
O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida bugun kunduzi beqaror ob-havo, ba’zi tumanlarda kuchli yomg‘ir saqlanib qoladi, deb xabar beradi O‘zgidromet. Faqat shimoli-g‘arbda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
14 fevralga o‘tar kechasi yog‘ingarchilik zonasi sharqqa siljiydi, yomg‘ir faqat markaziy, sharqiy tumanlar va eng janubda saqlanib qoladi.
Shanba, 14 fevral va yakshanba, 15 fevral kunlari butun respublikada yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Kunduzgi harorat ko‘tariladi: bugun — 10-15°, yakshanbaga kelib — 17-22°, kechasi — 5-10°.
Shamol 7-12 m/s, ba’zi joylarda tuman bo‘lishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel oqimlari va qor ko‘chkilari xavfi saqlanib qolmoqda.
Toshkent shahrida bugun kunduzning ikkinchi yarmida yomg‘ir, harorat 10-12°. Shanba kuni kechasi va ertalab yomg‘ir, kunduzi yog‘ingarchiliksiz. Yakshanba kuni yog‘ingarchiliksiz, kunduzgi harorat 17-20°, kechasi 6-9°. Sharqiy shamol 3-8 m/s, tuman bo‘lishi mumkin.
Source: kun.uz