Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Tojikiston Respublikasi Prezidentining o'g'li, Dushanbe shahri meri hamda mamlakat Oliy Majlisi Milliy Majlisi raisi Rustam Imomali 4-noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkent shahriga yetib keldi. Bu haqda rasmiy manbalar xabar berib, yuqori martabali mehmonning tashrifi ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilganini ta'kidlashmoqda.

Toshkent xalqaro aeroportida taniqli mehmonni Oliy Majlis Senati raisining birinchi o'rinbosari, Toshkent shahri hokimi, shuningdek, Tojikistonning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi hamda boshqa rasmiy shaxslar tantanali ravishda kutib olishdi. Tashrif doirasida qator muhim uchrashuvlar va madaniy tadbirlar rejalashtirilgani aytilmoqda.

Safar davomida Rustam Imomali O'zbekiston tarixi va milliy davlatchiligiga hurmat ramzi sifatida «Yangi O'zbekiston» bog'iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo'ydi. Shundan so'ng, u Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli «Yangi Toshkent» shaharsozlik loyihasining bosh rejasi bilan yaqindan tanishdi. Taqdimot jarayonida ushbu ulkan loyiha mintaqadagi eng muhim shaharsozlik tashabbuslaridan biri ekanligi alohida qayd etildi.

Source: kun.uz