Rossiyadagi mashhur "Novaya gazeta" nashri o‘z faoliyatini to‘xtatdi
Mashhur rus nashri "Novaya gazeta" o‘zining Moskvadagi tahririyat binosini rasman yopishga majbur bo‘ldi va mamlakatdagi kuchayib borayotgan bosimlar fonida faoliyatini to‘xtatdi. Ushbu qaror nashr rasmiylar tomonidan "chet el agenti" deb topilib, ijaradagi binoni bo‘shatish talab qilinganidan so‘ng qabul qilindi. Shuningdek, Rossiya banklariga o‘quvchilar va homiylardan keladigan mablag‘larni qabul qilish taqiqlangani nashrning moliyaviy ahvolini keskin og‘irlashtirib yubordi.











