Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qirg‘iziston rasmiylari qurilish bozorida tartib o‘rnatish va fuqarolarning mablag‘larini himoya qilish maqsadida keskin choralarga qo‘l urdi. Mamlakat qurilish, arxitektura hamda uy-kommunal xo‘jaligi vaziri Nurdan Oruntaev imzolagan buyruqqa ko‘ra, qurilish kompaniyalariga binoning poydevori va barcha yer osti ishlari to‘liq yakunlanmaguncha kvartiralarni sotish, xaridorlarning pullarini jalb qilish hamda turar-joy majmualarini reklama qilish qat'iyan taqiqlandi.

Kiritilgan yangi cheklovlar qurilishdagi «nol sikli» deb nomlangan bosqich tugagunga qadar amal qilishi belgilandi. Ushbu muddat davomida zayavka beruvchi kompaniyalarga ulush kiritish shartnomalari, dastlabki kelishuvlar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning mablag‘larini jalb etishga qaratilgan boshqa turdagi bitimlarni tuzish man etildi. Ushbu talablarning bajarilishi ustidan qat'iy nazorat Davlat arxitektura-qurilish nazorati departamenti zimmasiga yuklatilib, idora noqonuniy reklamalar va muddatidan oldin savdo boshlash holatlarini aniqlashi lozim.

Qirg‘iziston Qurilish vazirligi vakillarining ta'kidlashicha, mazkur chora-tadbirlar xaridorlarning mablag‘larini himoya qilish hamda tugallanmagan ob'ektlarga sarmoya kiritish bilan bog‘liq xavflarni sezilarli darajada kamaytirishga qaratilgan. Qayd etilishicha, bu qadam turar-joylarni topshirish muddatlari cho‘zilishi, pullarning qaytarilmasligi va rahbariyatga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar bilan bog‘liq ko‘plab mojarolar fonida dolzarb ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, Milliy urbanizatsiya qo‘mitasi fuqarolarning investitsiyalarini kafolatlash uchun eskrow-hisob raqamlari tizimini tezroq joriy etish zarurligini talab qilmoqda.

Source: podrobno.uz