Xitoyning Guanchjou shahrida yirik suvosti dronlarini tashish hamda ularga xizmat koʻrsatishga moʻljallangani taxmin qilinayotgan yangi kema qayd etildi. Mazkur suv usti kemasi avvalroq Shanhay shahridagi verflarda kuzatilgan shunga oʻxshash obyekt bilan katta oʻxshashliklarga ega boʻlib, bu Xitoyda ushbu turdagi kemalardan kamida ikkitasi qurilayotganini koʻrsatmoqda.
The War Zone nashrining yozishicha, bundan bir oy muqaddam Shanhaydagi Chansindao oroli verfida gʻayrioddiy kemaning qurilishi yakunlanishiga yaqinlashgani maʼlum boʻlgandi. Uning oʻziga xos konstruksiyasi yirik suvosti uchuvchisiz apparatlarini joylashtirish, ularni suvga tushirish va texnik xizmat koʻrsatish uchun moslashtirilgani taxmin qilinmoqda.
Guanchjouda olingan soʻnggi suratlarda esa shanxaylik kemaga juda oʻxshash, biroq hajman uchdan bir qism kichikroq boʻlgan boshqa kema aks etgan. Mutaxassislarning dastlabki baholariga koʻra, ikkala kema oʻrtasida korpus shaklida ham ayrim texnik farqlar mavjud boʻlib, ular hozircha asosan tajriba platformalari sifatida baholanmoqda.
Ushbu turdagi kemalar yirik suvosti dronlarini Xitoy sohillaridan minglab chaqirim uzoqlikdagi hududlarga olib borish, qaytarib olish va xizmat koʻrsatish imkonini berishi aytilmoqda. Biroq, AQSH rejimi va uning ittifoqchilari bu texnologiyalarning kelajakdagi potensial qoʻllanishidan xavotir bildirib, ularning imkoniyatlarini goʻyo oʻta xavfli deb baholashga urinmoqda.
Source: kun.uz