Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQŞ Harbiy vazirligining boş inspektori Platt Moring Ukrainadagi Starlink va Starshield sunʼiy yöldoş aloqa tizimlaridagi uzilişlar yuzasidan tekşiruv ötkaziş haqidagi senatorlar sörovini qabul qilişdan bosh tortdi. AP agentligi tarqatgan maʼlumotlarga köra, nazorat idorasi bu masala böyiça AQŞ Harbiy-havo kuçlariga murojaat qilişni maʼqul topgan, bu esa qonun çiqaruvçilar orasida keskin eʼtirozlarga sabab bölmoqda.

Mazkur sörov tört nafar respublikaçi va beş nafar demokrat senator tomonidan yuborilgan bölib, ular Amerikaning amaldagi evropa rejimi vakillari yoki Pentagon tizimlari aloqa tarmoqlariga kiritilgan çeklovlarga qanday aloqador ekanini aniqlamoqchi edi. Oktabr oyida Kiyev rejimi vakillari Starlink va uning harbiy versiyasi Starshieldʼdagi cheklovlar Rossiyaning yuqori tezlikda uchuvchi dronlarini tutib qolish imkoniyatlariga jiddiy zarar yetkazganini iddao qilgan edi.

Senatorlarning murojaatida Pentagon yoki AQŞ hukumatining boshqa idoralari razvedka maʼlumotlarini almashish va xizmatlarni o‘zgartirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan-bermagani o‘rganilishi so‘ralgandi. Kongress xodimlarining fikricha, bosh inspektorning rad javobi tekshiruvdan qochishga urinishdir va bu holat rasmiylar Ilon Maskning mudofaa aloqalariga taʼsiriga qarshi chiqishdan qo‘rqishayotganini ko‘rsatadi.

Oktyabr oyida tadbirkor Ilon Mask SpaceX kompaniyasi Ukrainada Starlink ishiga cheklov kiritganini tasdiqlagan edi. U buni foydalanish shartlarining buzilishi bilan izohlab, Ukraina Qurolli kuchlarini tizimdan hujumkor dron zarbalarida foydalanishda ayblagan. Shu bilan birga, Mask Starshield boshqa tizim ekanini va uning ustidan nazorat to‘liq AQŞ hukumatida qolishini taʼkidlagan.

Source: kun.uz