Hindistonning sharqiy qirgʻoqlarini qamrab olgan kuchli "Arnab" sikloni mamlakat janubidagi shtatlarga jiddiy talofat yetkazdi. Mahalliy rasmiylarning ma'lumotlariga ko'ra, Andhra-Pradesh va Odisha shtatlarida yuzaga kelgan tabiiy ofat natijasida infratuzilma vayron bo'lib, o'n minglab gektar ekin maydonlari suv ostida qoldi hamda qurbonlar qayd etildi.
Tabiiy ofat oqibatida minglab uylar zarar ko'rib, elektr tarmoqlari uzilib qoldi, deya xabar beradi mas'ul idoralar. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Andhra-Pradeshning o'zida o'nlab tumanlar qattiq jabrlangan va qishloq xo'jaligi, jumladan, banan hamda kokos plantatsiyalari katta zarar ko'rgan. Markaziy hukumat vakillari jabrlangan hududlarga favqulodda yordam ko'rsatish ishlari davom etayotganini bildirdi.
Shu bilan birga, mamlakat siyosiy maydonida ham keskinlik tobora kuchayib bormoqda. Cockroach Janta Party (CJP) siyosiy harakati muxolifat blokining bo'lajak namoyishlarini qo'llab-quvvatlashini e'lon qildi. Bu qadam muxolifat va norozilik guruhlarining harakatlarida strategik burilish yasalganidan dalolat beradi, chunki ilgari ular parallel ravishda faoliyat yuritib kelgan edi.
Muxolifat vakillarining ta'kidlashicha, saylov komissiyasining munozarali qarorlari millionlab fuqarolarni ovoz berish huquqidan mahrum qilgan. Siyosiy faollar mamlakat saylov boshlig'ining iste'fosini talab qilib, saylov jarayonlarining shafoffligini tiklash zarurligini ta'kidlamoqda. Hozirgi sharoitda hukumatning ushbu e'tiozlarga qanday munosabat bildrishi katta qiziqish uyg'otmoqda.
Source: www.dw.com