Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yulduzli futbolchilarga boy «Inter Mayami» klubi Shimoliy Amerika Oliy ligasi (MLS) doirasida «Sinsinati»ga qarshi kechgan uchrashuvda kutilmaganda ochko yo‘qotdi va 2:2 hisobidagi durang bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limga kelibgina qizigan o‘yin tomoshabinlarga to‘rtta ajoyib golni taqdim etdi, biroq Mayami jamoasi yana bir bor o‘z imkoniyatlarini boy berib qo‘ydi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi ancha zerikarli o‘tib, mezbonlar to‘pga egalik qilishgan bo‘lsa-da, raqib darvozasiga xavf solisholmadi. Biroq 60-daqiqada tajribali hujumchi Luis Suares o‘ziga xos mahorat ko‘rsatib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi va jamoasini oldinga olib chiqdi.

Shundan so‘ng «Sinsinati» jamoasi faollashib, qisqa vaqt ichida ikkita gol urishga erishdi va hisobni o‘zgartirdi. Mayami tarkibida zaxiradan maydonga tushgan yosh futbolchi Rikelme Fillipi o‘yin yakuniga yetishiga oz qolganda kiritgan chiroyli goli evaziga jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarb qoldi.

Ushbu natija «Inter Mayami»ning Sharqiy konferensiyada ikkinchi o‘rinni egalash yo‘lidagi rejalariga jiddiy putur yetkazdi. Jamoaning yulduzli tarkibi yana bir bor o‘yin oxirida barqarorlik namoyish eta olmagani ko‘pchilikning e'tiroziga sabab bo‘lmoqda.

Source: www.aljazeera.com