Janubiy Koreya prokuraturasi harbiy holat joriy etishga bo'lgan muvaffaqiyatsiz urinishi ortidan sobiq prezident Yun Sok-yolga nisbatan eng oliy jazo — o'lim jazosini tayinlashni talab qilmoqda. Maxsus prokuror Cho Eun-suk boshchiligidagi tergov guruhi Seul shahridagi apellyatsiya sudida ushbu talabni yana bir bor qat'iy ravishda ilgari surdi.
Yonhap axborot agentligining xabar qilishicha, prokuratura vakillari sud majlisida sobiq rahbarning harakatlari mamlakatdagi demokratiyaga jiddiy xavf solganini ta'kidlab, o'lim jazosini qo'llashda ikkilanishga «hech qanday asos yo'qligini» bildirishdi. Eslatib o'tamiz, fevral oyida o'tkazilgan birinchi instansiya sudi Yun Sok-yolni qo'zg'olon uyushtirishda aybdor deb topib, umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilgan edi.
Janubiy Koreya qonunchiligida o'lim jazosi saqlanib qolganiga qaramamay, mamlakatda 1997-yildan beri birorta ham qatl amalga oshirilmagan. Biroq ayblov tarafi bu uzoq yillik tanaffus sudyalarni eng og'ir jazoni tayinlashdan tiyib qo'ymasligi kerakligini qat'iy talab qilmoqda.
Ma'lumot uchun, Yun Sok-yol 2024-yil 3-dekabrda harbiy holat e'lon qilib, parlament binosi tomon harbiylar va politsiya kuchlarini safarbar qilgan edi. Janubiy Koreya rejimining ushbu harakati mamlakatda chuqur siyosiy inqirozga sabab bo'lib, parlament deputatlari xavfsizlik blokadasini yorib o'tgan holda harbiy holatni bekor qilishga erishgan edilar.
Source: www.aljazeera.com