Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️ Iordaniya Harbiy-havo kuchlari Suriyaning janubiy qismidagi Daro va Suvayda viloyatlariga bergan havo zarbalari mintaqada jiddiy keskinlik va aholining keskin noroziligini keltirib chiqardi. Amman rasmiylarining ta'kidlashicha, ushbu amaliyot mamlakatdagi cherkovga qilingan hujum uchun qasos sifatida amalga oshirilgan va go'yo terrorchilik guruhlarining qarorgohlari yo'q qilingan.

️ Biroq fojiadan keyin tarqalgan suratlar, jumladan, halok bo'lgan buvijon va uning uch nafar nabirasining jasadlari suriyaliklarda qattiq g'azab uyg'otdi. Ekspertlarning fikricha, ushbu holat Damashqdagi yangi ma'muriyat o'z fuqarolarini himoya qilishga qodirmi yoki yo'qmi degan savolni ko'ndalang qo'ymoqda.

️ Suriya Tashqi ishlar vazirligi bu hujumlar hech qanday oldindan muvofiqlashtirilmaganini va mamlakat suverenitetining buzilishi ekanini qat'iy ma'lum qildi. Shunga qaramay, tahlilchilar ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy va xavfsizlik соhasidagi umumiy manfaatlar munosabatlarning to'liq uzilishiga yo'l qo'ymasligini taxmin qilmoqda.

Source: www.aljazeera.com