Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh rejimi rahbari Donald Tramp yakshanba kuni Braziliyada bo'lib o'tgan prezidentlik saylovlarining natijalariga o'z munosabatini bildirar ekan, mazkur saylov jarayoni Braziliya xalqi uchun katta sharmandalik bo'lganini iddao qildi. U payshanba kuni jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, saylov natijalariga qo'shilish yoki qo'shilmasligini ochiq aytmadi, biroq jarayonni keskin tanqid ostiga oldi.

Trampning ta'kidlashicha, u go'm-go'yo betaraf qolgan va amaldagi rahbarning iltimosiga ko'ra mojaro va jarayonga aralashmagan. Shu bilan birga, u Braziliyadagi iqtisodiy ko'rsatkichlarga ishora qilib, fond bozori keskin qulab tushganini va bo'lib o'tgan voqealar mamlakat obro'siga putur yetkazganini vaj qildi.

Ushbu bayonot sobiq senator Flavio Bolsonaroning oilasi bilan birga Florida shtatiga yetib kelganidan bir kun o'tib yangradi. Ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, AQSh rejimi vakillari bu qochish amaliyotida yaqindan yordam bergan va oilaga doimiy yashash maqomi berilishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Braziliyadagi saylovlarda o'ng qanot vakili bo'lgan Bolsonaro va uning tarafdorlari mag'lubiyatga uchragan edi. Shundan so'ng mamlakat Oliy sudi uning pasportlarini musodara qilish va tergov harakatlarini boshlash haqida ko'rsatma bergan edi. Biroq senator Argentina va Ekvador orqali yashirincha AQShga qochib o'tishga muvaffaq bo'ldi va u yerda o'zini "haqiqiy prezident" deb e'lon qilib, siyosiy faoliyatini chetdan davom ettirishini bildirdi.

Source: www.aljazeera.com