AQSh harbiy idorasi rahbariyati yana bir bor jiddiy kadrlar mojarosiga duch keldi. Ma'lum qilinishicha, AQSh rejimining mudofaa vaziri Pit Xegseth Qurolli Kuchlar Birlashgan shtab boshliqlari qo'mitasining Strategiya, rejalar va siyosat boshqarmasi direktori, general-leytenant Brett Silviyani og'ir qoidabuzarliklar sababli lavozimidan ozod etgan. Pentagon vakillarining ta'kidlashicha, ushbu keskin qaror mamlakat milliy xavfsizligiga putur yetkazuvchi harakatlar fonida qabul qilingan.
Al Jazeera telekanaliga berilgan ma'lumotlarga ko'ra, general Silviya go'yo Pentagon binosidan tashqarida jurnalistlar bilan uchrashib, davlat sirlarini oshkor qilganlikda gumon qilinmoqda. Hozirda mazkur holat yuzasidan jiddiy tergov harakatlari olib borilayotgani va ish Adliya vazirligiga oshirilgani aytilmoqda. Rasmiylar Silviya Eron atolidagi mojaro, shuningdek, Rossiya va Ukraina o'rtasidagi qarama-qarshilikka oid maxfiy ma'lumotlarni tarqatganini da'vo qilmoqda.
Shuningdek, Pentagon rasmiylari generallik lavozimidagi shaxs maxfiy tekshiruvlar davomida uch marta yolg'on detektori (poligraf) sinovidan o'ta olmaganini iddao qilishmoqda. Ushbu iste'fo AQSh rejimining tashqi siyosiy va harbiy rejalarida yana bir keskinlik davriga to'g'ri kelib, Vashington rahbariyati ittifoqchilarni Eron yo'nalishida yangi harbiy harakatlar ehtimolidan ogohlantirgani haqidagi xabarlar bilan bir vaqtda sodir bo'ldi.
Ta'kidlash joizki, bu Xegseth boshchiligidagi idorada yuzaga kelgan ilk shunday holat emas. Avvalroq ham bir qator yuqori martabali yordamchilar shubhali ma'lumot sizdirishlari ortidan lavozimidan chetlatilgan edi. Hozircha bo'sh qolgan J5 direktorligiga munosib nomzod tayinlangani yo'q va bu holat Vashingtondagi boshqaruv tizimida mavjud muammolarni yana bir bor ko'rsatib turibdi.
Source: www.aljazeera.com