Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

2026-yilgi oraliq saylovlarga sanoqli kunlar qolgan bir paytda, AQSh rejimi rahbari Donald Tramp o'zining zich mitinglar jadvalini qisqartirishga qaror qildi va Ayova hamda Kanzas shtatlaridagi rejalashtirilgan chiqishlarini bekor qildi. Respublikachilar milliy qo'mitasi (RNC) payshanba kuni tarqatgan bayonotida bu o'zgarishlarni tasdiqlab, bekor qilingan tadbirlar o'rniga «tele-mitinglar» o'tkazilishini e'lon qildi.

RNC raisi Jo Grutersning iddao qilishicha, mazkur virtual uchrashuvlar ancha samarali bo'lib, Trampga an'anaviy safarlar orqali erishib bo'lmaydigan ko'proq saylovchilarni qamrab olish imkonini berarmish. Biroq, siyosiy tahlilchilar va kuzatuvchilar bu qarorni AQSh rejimi rahbarining jismoniy charchog'i va saylovoldi poygasidagi muammolari bilan bog'lamoqda. Xususan, 80 yoshni qarshilagan Trampning sog'lig'i va qo'lidagi ko'karishlar jamoatchilikda jiddiy savollar tug'dirmoqda, biroq u bu boradagi savollarga har safar tajovuzkorona munosabat bildirmoqda.

Jurnalistlarning sog'lig'i haqidagi haqli savollariga javoban Tramp yana o'ziga xos qo'pol uslubda g'azablanib, muxbirlarni haqorat qilishdan toyinmadi. Safarlar jadvalining qisqarishi va Kanzasdagi rejalarning bekor qilinishi respublikachilar uchun an'anaviy ravishda xavfsiz bo'lgan hududlarda ham jiddiy xavotirlar mavjudligini ko'rsatmoqda. Xususan, so'rovnomalar Kanzasda demokrat nomzodning oldinda borayotganini ko'rsatayotgani amerikalik saylovchilar orasida mavjud siyosiy va iqtisodiy muammolardan qattiq norozilik borligidan dalolat beradi.

Source: www.aljazeera.com