Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Avstraliyaning Viktoriya shtatida sodir etilgan va butun jamiyatni shokka solgan shov-shuvli jinoyat ishi bo'yicha apellyatsiya sudi o'z hukmini e'lon qildi. Ma'lum qilinishicha, uch qarindoshini o'ldirish va yana bir kishining hayotiga qasd qilishda aybdor deb topilgan Erin Pattersonning shikoyati qanoatlantirilmadi. Sud nafaqat uning apellyatsiyasini rad etdi, balki prokuraturaning dastlabki jazoni kuchaytirish haqidagi talabini ham ma'qullab, uni muddatidan oldin shartli ozod qilish imkoniyatidan butunlay mahrum qildi.

Sudya Stiven Makleysh boshchiligidagi uch nafar sudyadan iborat hay'at ushbu ishni o'ta shafqatsiz va sovuqqonlik bilan rejalashtirilgan jinoyat deb baholadi. Sud qaroriga ko'ra, qilmishning og'irligi shunchalik yuqoriki, undan mahbusning kelgusida ozodlikka chiqish ehtimolini qoldirib bo'lmaydi. Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi sud jarayonida 52 yoshli Patterson o'zining sobiq qaynona-qaynotasini hamda qarindoshini o'lim farishtasi deb ataluvchi zaharli qo'ziqorinlar solingan taom bilan qasddan zaharlagani isbotlangandi.

Himoya tomoni apellyatsiya jarayonida bir qator e'tiozlarni keltirib o'tib, sud jarayonida protsessual xatolarga yo'l qo'yilganini da'vo qilgan edi. Xususan, hakamlar hay'atining prokuratura vakillari va asosiy guvohlar bilan bir mehmonxonada joylashgani, shuningdek, ayrim dalillarning xolis baholanmagani ta'kidlandi. Biroq Avstraliya apellyatsiya sudi barcha yettita e'tirozni asossiz deb topib, ularni to'liq rad etdi. Endilikda mahkumada Oliy sudga murojaat qilish uchun 28 kun vaqt qoldi.

Source: www.bbc.co.uk