Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Braziliya tarixidagi eng qonli politsiya amaliyotidan bir yil o'tib, mamlakat rasmiylari jiddiy tanqidlarga duch kelmoqda. "Human Rights Watch" (HRW) xalqaro tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, Rio-de-Janeyro favelalarida o'tkazilgan ommaviy reyd davomida qonunbuzarliklarga yo'l qo'yilgan. Xususan, Oliy sudning majburiy talabiga qaramr, "Complexo do Alemao" va "Complexo da Penha" hududlariga safarbar etilgan 2,500 nafar huquq-tartibot xodimining aksariyati tana kameralarini taqmagani aniqlandi.

O'tgan yilning 28-oktabr kuni "Operacao Contencao" doirasida "Comando Vermelho" narkokarteliga qarshi uyushtirilgan amaliyot soatlab davom etgan otishmalarga ulanib ketdi. Natijada 117 nafar gumon qilingan jinoiy guruh a'zosi va besh nafar politsiyachi halok bo'ldi. HRW tashkiloti 4 ming soatdan ortiq video materiallarni o'rganib chiqib, kameralarning atigi to'rtdan biri ishlagani va birorta ham o'ldirish holati muhrlanmaganini da'vo qilmoqda. Ekspertlarning fikricha, jasadlardagi jarohatlar, jumladan, bosh qismiga qilingan o'q uzishlar operatsiya ataylab o'ta shafqatsiz rejalashtirilganidan dalolat beradi.

Yuzaga kelgan jamoatchilik noroziliklari fonida Braziliya hukumati uyushgan jinchilikka qarshi kurashni kuchaytirish uchun "Lei Antifaccao" (Guruhlarga qarshi qonun) loyihasini joriy etdi. Ushbu tashabbus mamlakatdagi yirik jinoiy sindikatlarga zarba berishga qaratilgan bo'lsa-da, ekspertlar uning konstitutsiyaviy jihatlaridan xavotir bildirmoqda. Qonun hibsda saqlash muddatlarini avtomatik ravishda uzaytirish va qamoqxona sharoitlarini og'irlashtirishni nazarda tutadi, bu esa allaqachon haddan tashqari to'lib ketgan penitensiar muassasalardagi vaziyatni yanada og'irlashtirishi mumkin.

Source: www.dw.com