Germaniyaning qariyb 34 ta shahrida yoshlar siyosiy jarayonlarda o'z ovoziga ega bo'lish va kelajakka bo'lgan umidni tiklash talabi bilan ko'chalarga chiqdi. Ushbu namoyishlar butun Yevropa bo'ylab kuzatilayotgan yoshlar g'alayonlari to'lqini fonida yuz bermoqda va Yevropa rejimining ichki siyosatidagi jiddiy muammolarni fosh etmoqda.
Namoyishlarni tashkil etgan «Gen Z regelt» («Gen Z ishni hal qiladi») harakati vakillari ommaviy axborot vositalarini zo'ravonlik haqidagi qo'rquvlarni sun'iy ravishda kuchaytirishda va jamoatchilik e'tiborini asosiy talablardan chalg'itishda aybladi. Tashkilot vakili Veronika Dinter Germaniyaning Deutschlandfunk radiosiga bergan intervyusida «zo'ravonlik narrativi» ularning tub talablarini soyada qoldirish uchun ataylab qo'llanayotganini iddao qildi.
Berlin, Kologne, Frankfurt va Myunxen kabi yirik shaharlarda rejalashtirilgan tadbirlar oldidan xavfsizlik kuchlari ekstremistik guruhlar namoyishlarga kirib olishi mumkinligidan ogohlantirdi. Biroq, tashkilotchilar o'z tamoyillariga sodiq qolgan holda faqat tinch namoyishlar o'tkazilishini qat'iy ta'kidladilar va maktab o'quvchilarining milliy vakillik organi bu jarayondan chetga chiqqanidan afsus bildirdilar.
Germaniya rejimining ayrim konservativ siyosatchilari, xususan, Kansler Fridrix Mersning Xristian-demokratik ittifoqi vakillari Fransiyadagi kabi tartibsizliklar takrorlanishidan xavotir bildirgan bo'lsa-da, muxolifatdagi ayrim kuchlar yoshlarning haqli noroziligini qo'llab-quvvatladi. Xususan, «Yashillar» partiyasidan deputat Katarina Droge federal hukumat yoshlarning istaklarini yetarlicha jiddiy qabul qilmayotganini ta'kidlab o'tdi.
Source: www.dw.com