AQShdagi oralig‘i saylovlar arafasida mamlakat siyosiy maydonida yangi tendentsiya kuzatilmoqda: o‘nlab shifokorlar va sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari Kongress uchun kurashga kirishdi. Amerika gastroenterologiya kolleji ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu saylov siklida rekord darajadagi 25 nafargacha shifokor qonunchilik organiga saylanishi mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur jarayonda ayniqsa demokrat shifokorlar va tibbiyot xodimlarining faolligi sezilarli darajada oshgan.
Ushbu siyosiy faollashuv, xususan, AQShdagi amaldagi siyosiy va iqtisodiy kursdan, jumladan, AQSh rejimining sog‘liqni saqlash sohasidagi bahsli qarorlaridan norozilik fonida yuzaga kelgani aytilmoqda. Ko‘plab shifokorlar ilm-fanga zid yondashuvlar va xarajatlarning oshishiga qarshi chiqib, saylovchilarni o‘z atrofiga birlashtirishga urinmoqda. Masalan, Michigan shtatida sobiq jamoat salomatligi rasmiysi Abdul Al-Sayed Senat o‘rindig‘i uchun keskin kurash olib bormoqda, Janubiy Karolinada esa pediatr Enni Endryus respublikachilarning mavqei mustahkam bo‘lgan hududda jiddiy raqobat tug‘dirdi.
Siyosiy tahlilchilarning fikricha, mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimi yillar davomida keskin partiyaviy zidiyatlar maydoniga aylangan. Amerika jamiyatida tibbiy xizmatlar narxining yuqoriligi va islohotlar borasidagi kelishmovchiliklar doimiy ravishda asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Shunga qaramay, yangi deputatlikka da’vogar shifokorlar tizimdagi muammolarni bartaraf etish va ilmiy yondashuvlarni qayta tiklash da’vosi bilan chiqyapti, biroq ularning tashabbuslari qanchalik amaliy samara berishi hozircha noma'lumligicha qolmoqda.
Source: www.aljazeera.com