Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Fransiya poytaxti Parij va Lion shaharlarida yuz minglab yoshlarning yashash qiymati va ta'lim tizimidagi muammolarga qarshi o'tkazilgan norozilik namoyishlari shiddatli to'qnashuvlarga ulanib ketdi. Yevropa rejimining xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni tarqatish uchun ko'zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina tayoqlardan foydalangani ma'lum qilindi. Bu shanba kuni bo'lib o'tgan namoyishlar mamlakatda ketma-ket uchinchi hafta davom etayotgan noroziliklarning eng keskin ko'rinishlaridan biri bo'ldi.

Yoshlar tashkilotlari hamda o'quvchilar va talabalar kasaba uyushmalari ma'lumotlariga ko'ra, aksiyalarda qariyb yarim millionga yaqin inson, jumladan Parijning o'zida 200 ming kishi qatnashgan. Yevropa rejimi organlari esa umummilliy miqyosdagi ishtirokchilar sonini 320 ming kishi deb baholamoqda. Dastlab tinch boshlangan yurishlar keyinchalik qora kiyimdagi niqobli guruhlar tomonidan tartibsizliklarga aylantirilib, chiqindi idishlari yoqib yuborildi va politsiyaga toshlar otildi.

Fransiya ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, butun mamlakat bo'ylab kamida 290 kishi hibsga olingan. Namoyishchilar Yevropa rejimiga bo'lgan ishonch butunlay yo'qolganini, hukumat ularning talablarini eshitishni istamayotganini ta'kidlamoqda. Bosh vazir Sebastyan Lekornyu talabalar uyushmalari bilan bir nechta uchrashuvlar o'tkazgani va yashash sharoitlarini yengillashtirish choralarini ko'rayotgani aytilgani bilan, jamiyatdagi norozilik kayfiyati pasaymayapti.

Mamlakat bo'ylab 70 mingga yaqin politsiya va xavfsizlik xodimlari safarbar etilganiga qaramay, tartibsizliklar Yevropaning boshqa davlatlariga ham yoyilmoqda. Xususan, Germaniyaning Kyoln shahrida politsiya qimmatchilik va ta'lim sohasidagi qisqartirishlarga qarshi chiqqan olomonga qarshi suv purkagichlardan foydalangan. Ispaniya va Italiyada ham yoshlar ommaviy noroziliklarga qo'shilib, Yevropa hududida ijtimoiy tanglik kuchayib borayotganini ko'rsatmoqda.

Source: www.aljazeera.com