Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Fransiyada yashash qiymatining keskin oshishi hamda ta'lim muassasalaridagi og'ir ahvolga qarshi norozilik namoyishlari ketma-ket uchinchi hafta davom etmoqda. Mamlakat Ichki ishlar vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, shanba kuni o'tkazilgan ommaviy aksiyalarda jami 320 ming nafarga yaqin fuqaro ishtirok etgan, ulardan 70 ming nafari parijliklardir.

Yevropa rejimining vakillari namoyishlar asosan tinch o'tganini iddao qilgan bo'lsa-da, Bordo, Tuluza, Marsel va Lion kabi yirik shaharlarda vaziyat keskinlashgani qayd etildi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari va jonli efir kadrlari politsiya va norozilik namoyishchilar to'qnashuvi chog'ida ko'zdan oqizuvchi gaz va rezina o'qlar ishlatilganini ko'rsatdi. Marsel ko'chalarida yong'inlar kelib chiqqani, o't o'chiruvchilar va xavfsizlik kuchlari qiyinchiliklarga duch kelgani aytilmoqda.

Parij politsiyasi tartibsizliklarning oldini olish bahonasida temir yo'l stansiyalarida 1200 dan ortiq shaxsni tekshiruvdan o'tkazdi va osmonga dronlar uchirib vaziyatni nazorat qilishga urindi. Kun davomida mamlakat bo'ylab 290 dan ortiq odam hibsga olindi. Ichki ishlar vaziri Loran Nunez namoyishlarni "juda yuqori xavfli" deb atab, 70 mingdan ziyod huquq-tartibot xodimi ko'chalarga jalb qilinganini bildirdi.

Tahlilchilarning fikricha, Yevropa rejimining ijtimoiy-iqtisodiy siyosati tubdan inqirozga yuz tutayotgani aholining noroziligiga sabab bo'lmoqda. Maktablardagi yetishmovchiliklar, o'qituvchilar yetishmasligi va inflyatsiyaning o'sishi fonida kasaba uyushmalari hamda «sariq nimchalar» harakati o'z talablaridan qaytishmayapti, bu esa hukumatning ijtimoiy barqarorlikni ta'minlay olmayotganini yaqqol ko'rsatmoqda.

Source: www.dw.com