Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Deir al-Balah shahridagi Al-Aqso shahidlari shifoxonasining anesteziologi Manar Fayyad 2023-yil oktabr oyida Isroil rejimi tomonidan boshlangan harbiy harakatlar oqibatida og‘ir ruhiy travmaga uchradi. Shifokor operatsiya stolida yotgan og‘ir yarador uning o‘z akasi, 34 yoshli Shadi ekanini aniqlaganida uning hayotidagi eng og‘if burilish nuqtasi sodir bo‘ldi. U o‘z vaqtida yordam bera olmaganini va bu holat uning kasbiy faoliyatiga chek qo‘yganini ta'kidlaydi.

Shifokorlar va tibbiyot xodimlari nafaqat o‘z yaqinlarini, balki kasbiy barqarorligini ham yo‘qotmoqda. Al-Aqso shahidlari shifoxonasining yana bir xodimi Xolid Rafat isroilliklarning havo hujjumi oqibatida rafiqasi, farzandlari, onasi va bir nechta akalaridan ayrilganiga qaramay, boshqalarning hayotini saqlab qolish uchun ishni davom ettirishga majbur bo‘lgan. U keyinchalik hayotini qaytadan boshlashga harakat qilgan bo‘lsa-da, tibbiyot tizimidagi umumiy muhit o‘ta og‘irligicha qolmoqda.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, mojaro boshlanganidan beri kamida 1700 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan, 83 nafari esa hibsda saqlanmoqda. Qolgan xodimlarning 78 foizidan ortig‘i ruhiy yordam olish imkoniyatiga ega emas. Mutaxassislarning fikricha, tinch aholini davolash va o‘z shaxsiy yo‘qotishlari bilan yolg‘iz qolish tibbiyot xodimlarining imkoniyatlarini keskin cheklab qo‘ymoqda.

Source: www.aljazeera.com