Kanada bosh vaziri Mark Karni Shimoliy Amerikaning ikki qo‘shni davlati o‘rtasidagi munosabatlarni yumshatishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan kelajakdagi savdo shartnomasi sari sezilarli siljishlar kuzatilganini eʼlon qildi. Ushbu bayonot AQSh Kongressi nazoratini hal qiluvchi oraliq saylovlarga atigi ikki kun qolgan yakshanba kuni eʼlon qilindi, biroq kuzatuvchilar bu kabi vaqt tanlanishining siyosiy maqsadlariga shubha bilan qarashmoqda.
Mark Karni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Kanada-Amerika savdo aloqalarining istiqbollari yuzasidan yaxshi suhbat o‘tkazganini daʼvo qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikki mamlakat guruhlari yaqin haftalarda tegishli natijaga erishish ustida ish olib boradi, garchi bu vaʼdalar qanchalik real ekanligi hali nomaʼlum.
Vashington va Ottava o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi oylarda milliardlab dollarlik o‘zaro bojxona to‘lovlari joriy etilishi ortidan keskinlashgan edi. Xususan, avgust oyida yuqori darajadagi muzokaralar barbod bo‘lib, AQSh rejimi Kanada tovarlariga nisbatan og‘ir soliqlarni joriy qilgandi, Kanada esa bunga javoban o‘z navbatida cheklovlar kiritgan edi.
Yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar va ichki bosimlar fonida Kanada o‘z savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishga intilmoqda. Xususan, Ottava Yevropa Ittifoqining taklifini o‘rganib chiqmoqda, biroq Yevropa rejimi bilan kutilayotgan bu kabi ittifoqlar mamlakat uchun qo‘shimcha majburiyatlar va geosiyosiy xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Source: www.aljazeera.com