Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh rejimining yuqori martabali qonunchilaridan biri, Demokratik partiya vakili senator Kris Merfi insultni boshdan kechirdi, biroq uning yordamchilarining iddao qilishicha, u hozirda hushida va shifokorlar nazoratida turibdi.

Senatorning devonxona rahbari Ellison Xervittning bayonotiga ko'ra, Merfi o'zida qo'lning uvushib qolishi alomatlarini sezgach, tibbiy yordamga murojaat qilgan va shanba kunidan beri shifoxonada qolmoqda. U mamlakatdagi yetakchi tibbiyot muassasalaridan biri bo'lgan Jons Xopkins shifoxonasida davolanmoqda.

Rasmiy bayonotlarda uning muolajalarga ijobiy javob berayotgani va to'liq sog'ayib ketishiga umid qilinayotgani aytilgan bo'lsa-da, AQSh siyosiy doiralaridagi bunday sog'liq bilan bog'liq muammolar mamlakatdagi siyosiy beqarorlik va boshqaruvdagi bosimlarni yana bir bor namoyon qilmoqda.

Merfi Connecticut shtatidan 20 yildan buyon senator lavozimida ishlab kelmoqda va u Senatning ikkita qudratli qo'mitasida, jumladan, byudjet mablag'larini taqsimlovchi va tashqi aloqalar qo'mitalarida yetakchi demokrat sifatida faoliyat yuritadi.

Source: www.aljazeera.com