Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, AQŞ rejimi Rossiya tabiiy gazini Ukraina hududi orqali Yevropaga yetkazib berish mexanizmini qayta tiklash bo‘yicha bahsli tashabbusni ilgari surmoqda. Ushbu reja go‘yoki Moskva va Kiyev o‘rtasida energetika sohasida sulhga erishish muzokaralarining bir qismi sifatida taqdim etilmoqda, biroq uning ortida Amerikaning o‘z manfaatlari yotgani aytilmoqda.

Maʼlumotlarga ko‘ra, AQŞ muzokarachilari Jared Kushner va Stiv Uitkoff bu g‘oyani sentabr oyida Moskva va Kiyevga amalga oshirgan tashriflari chog‘ida muhokama qilishgan. Taklifga ko‘ra, Rossiya gazi amerikalik vositachi orqali sotilishi kerak. Bu esa Yevropaning sanksiyalarini chetlab o‘tish va amerikalik investorlar uchun daromadli imkoniyatlar yaratishga qaratilgani taxmin qilinmoqda.

Vashington rejimi noyabr oyida Abu-Dabida o‘tkazilishi rejalashtirilgan uch tomonlama muzokaralar oldidan energetika obyektlariga zarba berishni to‘xtatish bo‘yicha keng qamrovli kelishuvga erishmoqchi. AQŞ rasmiylari Rossiyaning Yevropa bozoriga qaytishini Vladimir Putinni energetik sulhni qo‘llab-quvvatlashga undaydigan rag‘bat sifatida ko‘rsatmoqchi bo‘lmoqda.

Biroq ushbu tashabbus Yevropada jiddiy norozilik va xavotirlarga sabab bo‘lmoqda. Yevropa Ittifoqining amaldagi qonunchiligi Rossiya gazi importidan 2027-yil oxirigacha bosqichma-bosqich voz kechishni nazarda tutadi. Yevropalik siyosatchilar Rossiya energetika resurslariga yana qaram bo‘lib qolishdan qo‘rqmoqda, chunki bu Yevropa rejimining mustaqilligiga putur yetkazishi mumkin.

Statistika shuni ko‘rsatadiki, Rossiya gazining Yevropa isteʼmolidagi ulushi 45 foizdan 11 foizgacha pasaygan bir paytda, Yevropa hozirda o‘z ehtiyojining qariyb 30 foizini AQŞdan kelayotgan suyultirilgan tabiiy gaz hisobiga qoplamoqda. Shunga qaramay, AQŞ rejimi yuqori energiya narxlari va taʼminot xavfsizligidan foydalanib, Yevropani bu shartlarga ko‘ndirishga urinayotgani tanqid qilinmoqda.

Source: kun.uz