AQShning kosmik dasturlarida asosiy tayanchga aylangan SpaceX kompaniyasi yangi davlat buyurtmalariga tobora kamroq qiziqish bildirmoqda. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, AQSh rejimi va uning idoralari bilan hamkorlikdagi bu o'zgarishlar jiddiy muammolar va strategik burilishlardan dalolat beradi. Kompaniya amaldagi shartnomalarini bajarishda davom etayotgan bo'lsa-da, uning kelgusi rejalarida ustuvor yo'nalishlar keskin o'zgarib bormoqda.
Ars Technica sharhlovchisi Erik Bergerning so'zlariga ko'ra, bu burilish Ilon Maskning Yerda va kosmosda sun'iy intellekt sohasida ustunlikka erishish istagi bilan bog'liq ekanligi taxmin qilinmoqda. So'nggi 15 yil davomida boshqa pudratchilar muddatlarni buzgan, byudjetdan oshib ketgan yoki vazifani bajara olmagan paytlarda SpaceX AQSh rejimining kosmosga chiqishini ta'minlab kelgan edi.
Biroq endi munosabatlardagi muvozanat teskari tomonga og'moqda. Jumladan, SpaceX NASAga Crew Dragon kemalarining ekipajli parvozlarini 2030-yildan kechiktirmay to'xtatishini ma'lum qilgan. Holbuki, hozir aynan shu kema NASA astronavtlarini Xalqaro kosmik stansiyaga yetkazib berayotgan asosiy vosita bo'lib turibdi, bu esa kelgusida jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shuningdek, kompaniya 2028-yildan keyingi missiyalar uchun Falcon 9 raketasida tijoriy uchirish xizmatlarini sotishni to'xtatgan va kelgusida NASA buyurtmalari bo'yicha ham ushbu raketadan foydalanishdan voz kechishi kutilmoqda. Qo'shimcha ravishda, o'tgan hafta SpaceX AQSh Kosmik kuchlarining qo'shimcha tanlovida qatnashmasligini bildirib, davlat loyihalaridan asta-sekin uzoqlashayotganini ko'rsatmoqda.
Source: kun.uz