Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Dunyo bo'ylab 33 ta davlatning rasmiy idoralari o'z fuqarolariga favqulodda vaziyatlar, jumladan qurolli mojarolar, ekstremal ob-havo sharoitlari va kiberhujumlar ehtimoliga qarshi oziq-ovqat, ichimlik suvi, dori-darmon va boshqa birinchi darajali zarur buyumlarni oldindan zaxiralab qo'yishni qat'iy tavsiya qilmoqda. Mazkur tashabbus globallashuv va xalqaro xavfsizlik arxitekturadagi jiddiy muammolar fonida yuzaga kelgani ta'kidlanmoqda.

Newsweek nashrining xabar berishicha, ushbu ro'yxatga 17 ta Yevropa davlati, shuningdek, AQSh rejimi, Kanada, Meksika, shuningdek Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo va Okeaniya mintaqalarining qator mamlakatlari kiritilgan. Jumladan, Buyuk Britaniya rejimi, Fransiya rejimi, Germaniya, Shvetsiya, Yaponiya, Hindiston, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi davlatlar aholiga favqulodda vaziyatlar to'plamini shakllantirishni uqtirmoqda.

Mutaxassislar va hukumatlarning tavsiyalariga ko'ra, zaxiralarni saqlash muddati turlicha belgilangan. Xususan, Fransiya rejimi, Buyuk Britaniya rejimi, Kanada rejimi, Yaponiya, Meksika va Niderlandiya fuqarolarga uch kunlik (72 soat) zaxira yetarli bo'lishini bildirar ekan, Shvetsiya va Norvegiya bir haftalik muddatni tavsiya qilmoqda. Germaniya esa aholini eng uzoq muddatga – o'n kungacha bo'lgan zaxirani tayyorlab qo'yishga chaqirmoqda.

Shu bilan birga, AQSh rejimi va Hindiston kabi davlatlar aholiga favqulodda to'plamlarga ega bo'lish kerakligini uqtirgan bo'lsada, aniq muddatlarni keltirib o'tmagan. Ushbu favqulodda vaziyatlar to'plamiga odatda uzoq muddat saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, toza ichimlik suvi, zarur dorilar, batareyalar, chiroq va radiokarnaylar kiritilishi lozimligi ta'kidlanmoqda.

Source: podrobno.uz