Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) xavfli Ebola bezgagidan aziyat chekayotganlar va halok bo'lganlar soni bo'yicha yangi xavotirli raqamlar e'lon qilindi. Mahalliy Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda infeksiyani yuqtirib olganlar soni 10,4 ming kishiga yetgan, ulardan qariyb 5,4 ming nafari vafot etgan. Mutaxassislar ushbu ko'rsatkichlar fonida kasallikdan o'lish darajasi 51,6 foizni tashkil etayotganini qayd etishmoqda.

KDR rasmiylari joriy epidemiologik vaziyatni mamlakat tarixidagi eng halokatli va eng keng ko'lamli inqiroz sifatida baholamoqdalar. Infeksiyaning asosiy o'chog'i Ituri provinsiyasi bo'lib qolayotgani, kasallanish holatlarining mutlaq qismi aynan shu hududga to'g'ri kelishi aytilmoqda. Shu bilan birga, virus faqat KDR hududi bilan cheklanib qolmay, Uganda, Keniya va hatto Fransiyada ham tarqalgani haqida xabarlar berilgan.

Shuni ta'kidlash joizki, tibbiy nuqtai nazardan Ebola eng yuqori o'lim darajasiga ega virus emas. Masalan, quturish kasalligi alomatlari boshlangach deyarli yuz foiz o'lim bilan yakunlansa, Marburg virusining ayrim tarqalish davrlarida o'lim ko'rsatkichi 80-90 foizga yetgan. Biroq yuqori o'lim darajasi avtomatik ravishda aholi uchun eng katta xavfni anglatmaydi, chunki bunday og'ir viruslar odamdan odamga qiyin yuqadi va ularni jilovlash osonroq kechadi. Aslida ko'plab insonlarning hayotiga zomin bo'ladigan omillar ko'pincha gripp yoki COVID-19 kabi yuqumliligi yuqori, ammo o'lim darajasi pastroq bo'lgan kasalliklardir.

Source: kun.uz