AQSh rejimi rahbari Donald Tramp va vitse-prezident Jyey Di Vens 3-noyabrda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlar oldidan o‘zlarining so‘nggi tashviqot kampaniyasini boshlab yuborishdi. Respublikachilar va demokratlar partiyasi vakillari hal qiluvchi ovoz berish oldidan butun mamlakat bo‘ylab tarqalib, saylovchilarni o‘z tomoniga og‘dirishga urinishmoqda. Mazkur jarayonlar mamlakatda yuzaga kelgan jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklar va tashqi siyosiy muammolar fonida kechmoqda.
Rej
Shu bilan birga, saylovoldi poygasi keskin tus olayotgan bir paytda, Vashingtondagi federal sud migratsiya xizmati xodimlarining saylov uchastkalarida bo‘lishi masalasiga bag‘ishlangan da’voni ko‘rib chiqishni boshlagan. Huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar va mahalliy hokimiyatlar qurollangan agentlarning saylov joylariga kirishi saylovchilarga tazyiq o‘tkazishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. AQSh rejimi idoralari esa har qanday qonunbuzarliklarni inkor etishga urinib, vaziyatni yumshatishga harakat qilmoqda.
Source: www.aljazeera.com