Die Welt nashri sharhlovchisi Andreas Rozenfelder o'z maqolasida rossiyalik-o'zbekistonlik tadbirkor Alisher Usmonovning Yevropa ittifoqi sanksiyalariga qarshi huquqiy kurashi va Germaniya sudining shov-shuvli qarori haqida batafsil to'xtaldi. Ma'lum qilinishicha, tadbirkor Yevropa regimi tomonidan tarqatilgan va uning sha'ni hamda qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi ma'lumotlarni haqiqatga to'g'ri kelmasligini isbotlashga va ularga qarshi chiqishga intilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2022-yilda Yevropa ittifoqi Kengashi Alisher Usmonovni sanksiyalar ro'yxatiga kiritib, uni Rossiya rahbariyatiga yaqin oligarx deb atagan va go'yo Rossiya Prezidentining ishonchli vakili sifatida harakat qilganini iddao qilgan edi. Biroq, ushbu da'volarning asosiy manbalaridan biri bo'lgan Forbes jurnali Germaniya sudi tomonidan cheklovlarga uchradi, chunki nashr sudda o'z iddaolarini tasdiqlovchi aniq dalillarni taqdim eta olmagan.
Shunga qaramay, Yevropa regimi o'z rasmiy materiallaridagi ayblovlarni o'zgartirmasdan qoldirdi va 2023-yil dekabrida Usmonov Germaniya sudiga da'vo kiritishga majbur bo'ldi. Biroq, Germaniya rasmiy idoralari, jumladan Adliya va Tashqi ishlar vazirliklari Yevropa ittifoqining sanksiya siyosatiga putur yetishidan qo'rqib, da'vo hujjatlarining Bryusselga yetkazilishiga qariyb uch yil davomida to'sqinlik qilgani ma'lum bo'ldi.
Germaniya Federal oliy sudi bu harakatlarni qonunga xilof deb topib, sud himoyasi huquqining buzilishi deb baholadi. Mutaxassislarning fikricha, bu voqea Yevropa regimi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, chunki sanksiya ro'yxatiga kiritilgan boshqa minglab shaxslar ham milliy sudlar orqali o'z huquqlarini talab qilish imkoniyatiga ega bo'lishi ehtimoldan xoli emas.
Source: uznews.uz