Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Tarqatilgan ma'lumotlarga ko'ra, AQSH rejimi Gormuz bo'g'ozidagi Qeshim oroliga qarata cheklangan harbiy zarbalar yo'llagan. Bu haqda amerikalik mulozimlar xabar bergan bo'lib, Eron davlat axborot agentligi IRNA ham dushanba kuni mazkur hududda bir nechta portlashlar sodir bo'lganini tasdiqlagan. Vashingtondagi amaldorlarning iddao qilishicha, bu go'yoki Eron Islom inqilobi gvardiyasi korpusi (IIGK) tomonidan AQSH ucib yuruvchi apparatiga o't ochilganiga javoban amalga oshirilgan.

Ushbu harbiy harakatlar AQSH rejimida bo'lib o'tadigan oraliq saylovlar oldidan sodir bo'layotgani e'tiborni tortadi. Ma'lum qilinishicha, Donald Tramp o'z partiyasi ichidan va saylovchilar tomonidan keskin bosim ostida qolgan, uning reytinglari tushib ketgani aytilmoqda. Fevral oyida AQSH va Isroil tomonidan boshlangan mojaroga barham berish talabi Respublikachilar partiyasi ichida ham tobora kuchayib borayotgani xabar qilinmoqda.

Shunga qaramay, Tramp matbuotga bergan intervyularida Eronga qarshi zarbalarni kuchaytirishga "shoshilmayotganini" iddao qilgan. Uning so'zlariga ko'ra, Eron iqtisodiy jihatdan "chavaqlangan" va mamlakatda mablag' hamda yoqilg'i yetishmayapti. Shuningdek, u Eronning yadro dasturiga aloqador ob'ektlarga qarshi ham harakat qilinishi mumkinligini aytib, bu hech qanday qiyinchilik tug'dirmasligini va bir soat ichida bajarilishini taxmin qilgan.

O'z navbatida, Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi vositachilar orqali Qo'shma Shtatlar bilan urushni to'xtatish bo'yicha "juda jadval asosida" muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qilgan. Tehron ham diplomatik, ham harbiy ssenariylarga har qachongidan ko'ra tayyor ekanini bildirib, Vashington oqilona muzokara yo'lini yoki harbiy tajovuz xatosini tanlashi kerakligini ta'kidlagan.

Source: www.bbc.co.uk