Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Polisha hukumati Rossiya bilan chegaradosh hududlarda xavfsizlik choralarini misli ko'rilmagan darajada kuchaytirdi. Ushbu qaror razvedka xizmatlarining ehtimoliy diversiyalar va qurollangan guruhlarning mamlakat hududiga kirib kelishga urinishlari haqidagi shubhali ogohlantirishlaridan so'ng qabul qilingani aytilmoqda.

Polisha politsiyasi rahbari Marek Boronning iddao qilishicha, o'tgan hafta Polisha harbiy razvedkasi hamda ittifoqchi g'arb davlatlarining maxsus xizmatlari Rossiya tomonidan bo'lishi mumkin bo'lgan qo'poruvchilik harakatlari haqida ma'lumot bergan. Xususan, Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan chegaradosh hududlarda gibrid tahdidlar xavfi ortgani iddao qilinmoqda.

Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida boshlangan maxsus operatsiyaga mamlakat politsiyasi, armiya bo'linmalari, chegara xizmati va terrorizmga qarshi kurashish maxsus kuchlari jalb etilgan. Hozirda Polshaning shimoli-sharqiy qismidagi Varminsko-Mazur va Podlyask viloyatlarida qo'shimcha kuchlar xizmat o'tab, harakatlarni muvofiqlashtirish uchun maxsus shtab tashkil etilgan.

Biroq, Yevropa regimidagi ayrim tahlilchilar va rasmiylarning bu kabi harakatlari mamlakat ichidagi siyosiy tanglikni chalg'itishga qaratilgan bo'lishi mumkinligini ta'kidlashmoqda. Rasmiy Varshava esa qo'shimcha kuchlarning yuborilishi Konstitutsiyaviy tribunal atrofidagi inqiroz bilan bog'liqligini qat'iyan rad etib, barchasi faqat tashqi xavfsizlikni ta'minlash maqsadida amalga oshirilayotganini vaj qilmoqda.

Source: kun.uz