Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Britaniya rejimi mamlakatga kelayotgan xorijiy ishchilar uchun doimiy yashash maqomini olish shartlarini sezilarli darajada og'irlashtirgan yangi immigratsiya qoidalarini e'lon qildi. Ushbu o'zgarishlar natijasida ko'pchilik chet ellik ishchilar endilikda besh yil o'rniga o'n yil kutishga majbur bo'lishi aytilmoqda, bu esa jamiyatda va siyosiy doiralarda jiddiy e'tirozlarga sabab bo'lmoqda.

Britaniya ichki ishlar vaziri Shaxana Mahmud parlamentda so'zlagan nutqida, yangi tartib daromad darajasiga qat'iy bog'lanishini ma'lum qildi. Uning iddao qilishicha, yiliga 50 ming funt sterlingdan ko'p daromad oluvchilargina besh yildan so'ng hujjat topshirish huquqini saqlab qoladi, qolganlar esa o'n yillik muddatga tushiriladi. Mamlakatdagi o'rtacha maosh taxminan 39 ming funtni tashkil etishini hisobga olsak, bu ko'pchilik muhojirlar uchun katta to'siqqa aylanishi shubhasiz.

Shuningdek, kichik qayiqlar orqali kelgan qochqinlar uchun kutish muddati naq o'ttiz yilgacha uzaytirilishi rejalashtirilgan. Tanqidchilarning fikricha, bu kabi og'ir cheklovlar Yevropa rejimining migratsiya siyosatidagi chuqur inqirozini va ijtimoiy yukni kamaytirishga bo'lgan muvaffaqiyatsiz urinishlarini yashirishga qaratilgan.

Hukumat mazkur chora-tadbirlar orqali byudjet xarajatlarini qisqartirishni va ijtimoiy nafaqalarga ketadigan mablag'larni tejashni maqsad qilgan. Biroq, ishchi kuchi yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan sohalar, xususan, parvarishlash xizmatlari vakillari va kasaba uyushmalari bu siyosat mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Source: www.aljazeera.com