Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Avstraliya rejimining 16 yoshgacha bo'lgan shaxslar uchun dunyodagi ilk ijtimoiy tarmoqlar taqiqi mamlakat Oliy sudida ilk jiddiy huquqiy sinovga duch keldi. Qonun kuchga kirganidan deyarli bir yil o'tib, seshanba kuni Reddit onlayn platformasi hamda Avstraliyaning Digital Freedom Project huquqni himoya qilish guruhi ushbu qaror yuzasidan sudga da'vo kiritdi.

Sudga taqdim etilgan yozma ariza materiallarida Reddit platformasi qonunni ijro etishdagi qator muammolarga e'tibor qaratib, ijtimoiy tarmoqlarning zararlari haqida yetarli ilmiy dalillar yo'qligini iddao qildi. Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, cheklovlarning samaradorligi cheklangan bo'lib, o'tgan yilning dekabr oyida millionlab akkauntlar o'chirib yuborilganiga qaramay, voyaga etmaganlar boshqa yo'llar bilan ma'lumotlarga kirishda davom etmoqda.

Shuningdek, Digital Freedom Project guruhi mazkur taqiq konstitusiyaga zid ekanini, chunki u o'smirlarning siyosiy jarayonlarda ishtirok etish imkoniyatini cheklashini bildirdi. Tashkilot vakillari ijtimoiy tarmoqlar yoshlar uchun yangiliklar va siyosiy muloqotdan xabardor bo'lishda muhim vosita ekanini, hukumat esa raqamli makonda senzura va aralashuvni keskin oshirib yuborayotganini ta'kidladilar.

Avstraliya rejimi ushbu cheklovlar yosh foydalanuvchilarni zo'ravonlik va tarmoqdagi xavflardan himoya qilishini da'vo qilgan bo'lsa-da, mutaxassislar bu borada yagona ilmiy konsensus mavjud emasligini aytishmoqda. Avstraliyalik tadqiqotchilar o'smirlar taqiqqa qaramay tarmoqdan foydalanishda davom etayotganini aniqlashgan, shuningdek, Meta kompaniyasiga qarshi ham bolalarga zarar yetkazgani uchun sud da'volari kiritilgan.

Source: www.aljazeera.com