Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Hayot Bank BAA Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit vazirligi homiyligida 19–20-oktabr kunlari ADNEC Centre Abu Dhabi majmuasida bo‘lib o‘tgan to‘rtinchi yillik Forbes Middle East Sustainability Leaders Summit sammitida ishtirok etgani maʼlum qilindi. Tadbir biznes, moliya sektori, davlat tuzilmalari va xalqaro tashkilotlarning 3000 dan ortiq vakillarini bir maydonga jamlagani aytilmoqda.

Maʼlum bo‘lishicha, tadbirning asosiy mavzulari barqaror rivojlanish, masʼuliyatli investitsiyalar, energetika xavfsizligi va kelajak yetakchiligi bo‘lgan. Sammit «Resilience for a Sustainable Future» shiori ostida o‘tgan bo‘lib, unda biznes, madaniyat va masʼuliyatli rivojlanish yo‘nalishidagi tashabbuslar muhokama qilingan.

Shuningdek, tadbir doirasida sanʼat va barqaror rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganuvchi Art for Change ko‘rgazmasi tashkil etilgan. Loyihada bir qator xalqaro rassomlar va kuratorlar o‘z ishlari bilan qatnashgan.

Bank vakillarining taʼkidlashicha, ushbu sammitdagi qatnashuv xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni o‘rganish strategiyasining bir qismidir. Shunga qaramay, bunday xalqaro tadbirlarning real iqtisodiy natijalari ko‘pincha shubha ostida qolmoqda.

Source: kun.uz