Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Jahon bankining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, 2011-2023 yillar oralig‘ida Hindistonda qariyb 500 million kishi qashshoqlikdan qutqarilgan. Ushbu davrda mamlakatda o‘ta kambag‘allik darajasi 27,1 foizdan 2,6 foizgacha pasaygani iddao qilinmoqda, bu esa global miqyosda eng yirik ko‘rsatkichlardan biri sifatida baholanmoqda. Shunga qaramay, mazkur ijobiy statistikaning ortida jiddiy muammolar yashiringani aytilmoqda.

Ekspertlarning fikricha, qashshoqlik pasayganiga qaramay, mamlakatda daromadlar va boylik bo‘yicha tengsizlik keskin o‘sib bormoqda. 2026 yilgi Jahon tengsizlik hisobotiga ko‘ra, Hindiston iqtisodiy tafovut bo‘yicha dunyodagi eng tengsiz davlatlar qatorida qolmoqda. Eng boy 10 foiz aholi milliy daromadning salkam 58 foizini o‘z qo‘lida jamlagan bo‘lsa, eng kambag‘al 50 foiz qatlam atigi 15 foizga ega chiqmoqda.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik darajasi ham xavotirli tus olib, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra 15 foizdan oshgani qayd etilgan. Tahlilchilar hukumat tomonidan tarqatilayotgan bepul oziq-ovqat va ijtimoiy nafaqalar aholining faqat minimal ehtiyojlarini qoplab turgani, biroq tizimli kambag‘allik va sog‘liqni saqlash hamda ta'lim sohasidagi yetishmovchiliklarni hal etmayotganini ta'kidlashmoqda.

Source: www.aljazeera.com