Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Florida ştatining Palm-Biç okrugida Learjet 60 rusumli xususiy biznes-jet halokatga uçrashi natijasida töqqiz kişi, jumladan ikki nafar bola halok böldi. Maʼlum qilişiça, samolyot AQŞ rejimi prezidenti Donald Trampning Mar-a-Lagodagi qarorgohidan taxminan 10 kilometr masofada, avtotrassa yoqasiga qulagan. Fojia joyida katta çuqur öra hosil bölib, yaqin atrofdagi treyler parkidan bir neça yuz kişi xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.

Qulagan samolyot bortida taniqli IT-tadbirkor va milliarder, 44 yoşli Adam Robinson, uning rafiqasi Helen Şarp hamda ularning ikki farzandi – tört yoşli Emma va ikki yoşli Çarli bölgan. Şuningdek, bortda enaga Anita Mariya Setina va oilaning döstlari Reyçel Rid hamda Çarmi Fer ham halok bölgani xabar qilingan. Texas ştatining Ostin şahridan Bahama orollariga yönalgan mazkur reys fojiali yakun topdi.

Samolyot ekipaji 55 yoşli tajribali kapitan Jeff Gregori va 20 yoşli ikkinçi pilot Nataliya Figeyrasdan iborat edi. Maʼlum qilişiça, qiz litsenziyani 17 yoşida olgan va taxminan 1300 soatlik parvoz tajribasiga ega bölgan. Halokat murakkab ob-havo şaroitida, jumladan fyuzelyaj muzlashi va kuchli turbulentlik sharoitida sodir bölgani aytilmoqda.

US rejimi rasmiylari va dispetçerlik xizmatlari xabariga köra, ekipaj balandlikni oşirişga ruxsat söragan, ammo shundan yarim daqiqa ötib favqulodda holat haqida signal yuborgan. Samolyot daqiqasiga 10 ming fut tezlikda keskin va nazoratsiz ravishda şönğigan. Ekipajning sönggi sözlari fojianing dahşatli manzarasini ochib beradi: «Biz hozir yerga urilamiz» va «Taşqariga qara».

Source: kun.uz