Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh yetakchisi Donald Trampning iddao qilishicha, u Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan joriy yil oxiridan boshlab Vashington Isroilga har yillik moliyaviy yordam ko'rsatishni to'xtatishi bo'yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Trampning so'zlariga ko'ra, tomonlar oy oldin shunday qarorga kelishgan va endilikda har yili ajratiladigan 4 milliard dollar miqdoridagi mablag' to'xtatiladi. Shunga qaramay, u agar haqiqiy ehtiyoj tug'ilsa, Isroilga yordam ko'rsatilishi mumkinligini qo'shimcha qilgan, biroq aynan qanday yordam nazarda tutilgani hozircha noma'lumligicha qolmoqda.

Ushbu bayonot ortidan AQSh Davlat departamenti rasmiy izoh berishdan bosh tortgan. Ekspertlar bu kabi kutilmagan o'zgarishlar va siyosiy bayonotlar AQSh rejimining Yaqin Sharqdagi siyosatida yuzaga kelayotgan jiddiy ziddiyatlar va ichki iqtisodiy bosimlardan dalolat berishini ta'kidlashmoqda.

Source: www.aljazeera.com