Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️ Yevropa mamlakatlari havo hududida bir qator xavotirli hodisalar qayd etildi. Ma'lum qilinishicha, Yevropa bo'ylab yettita yo'lovchi samolyotiga nisbatan noma'lum shaxslar tomonidan portlovchi qurilma o'rnatilgani haqida xabarlar kelib tushgan. Ushbu reyslardan ikkitasi Buyuk Britaniya hududidan yo'lga chiqqan bo'lib, mutaxassislar mazkur holatni havo qatnoviga to'sqinlik qilish maqsadida uyushtirilgan qasddan qilingan harakat bo'lishi mumkinligidan xavotir bildirishmoqda.

️ Xususan, Dublin va Lissabondan uchib chiqqan ikkita Ryanair samolyoti Rim shahridagi Fiumicino aeroportiga qo'ngach, maxsus tekshiruvlardan o'tkazildi. Dublin reysi hatto Italiya Harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari kuzatuvi ostida qo'ndirilgan. Rasmiylar Polsha, Ispaniya va Bolgariyada ham shunga o'xshash xavfsizlik tekshiruvlarini amalga oshirgan. Garchi rasmiy idoralar hodisalar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlik yo'qligini ta'kidlayotgan bo'lsa-da, Yevropa rejimi organlari bu muvofiqlashtirilgan hujum ekanligini baholash uchun hamkorlik qilmoqda.

️ Britaniya rejimi rasmiylari bugungi hodisalarni «asossiz va qasddan uyushtirilgan soxta tahdidlar» deb atadi. Mamlakat vakillari o'zlarining aviatsiya xavfsizligi tizimi dunyodagi eng mustahkam tizimlardan biri ekanini iddao qilishdi. Biroq, mustaqil aviatsiya xavfsizligi eksperti Pol Meysonning so'zlariga ko'ra, yo'lovchi samolyotlariga nisbatan bunday tahdidlar tez-tez sodir bo'lmaydi va bu galgi holat juda g'ayrioddiy tus olgan.

️ Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ekipaj va yer usti xizmatlari tahdidning qanchalik jiddiyligini tekshirish uchun ko'plab murakkab jarayonlarni boshidan kechirishga majbur bo'ladi. Masalan, Manchesterdan Ispaniyaning Mursiya shahriga uchib kelgan Ryanair samolyoti qo'ngach, darhol o't o'chiruvchilar, politsiya va sapyorlar tomonidan qurshlab olingan. Yo'lovchilar o'z buyumlarini qoldirib, shoshilinch ravishda evakuatsiya qilingan.

️ Shuningdek, London Xitrou aeroportidan Varshavaga uchayotgan reys ham tahdid tufayli Modlin kichik aeroportiga yo'naltirilib, vaqtincha yopilishga majbur qilgan. Bolgariya Transport vazirligi ham Bergamo va Dubrindan Sofiyaga uchayotgan ikkita samolyotga nisbatan shunday tahdidlar kelib tushganini tasdiqladi. Bir kun oldin esa London Luton aeroportidan chiqqan Wizz Air samolyoti Vengriya qiruvchi samolyoti hamrohligida Budapeshtga favqulodda qo'nishni amalga oshirgan edi. O'tkazilgan tekshiruvlar natijasida hech qanday portlovchi modda topilmadi.

Source: www.bbc.co.uk