Jorjiya shtatida o‘tkazilgan muhim oraliq saylovlarda amaldagi demokrat senator Jon Ossoff o‘z lavozimini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Associated Press agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, ovozlarning 56 foizi sanab chiqilgan vaqtda Ossoff 63 foiz ovoz to‘plab, raqibini ortda qoldirgan.
U respublikachi kongressmen Mayk Kollinz ustidan g‘alaba qozondi. Kollinz Donald Trampning yaqin tarafdori hisoblanib, saylovoldi kampaniyasi davomida irqiy ustunlik tarafdorlari bilan go‘yoki aloqadorligi haqidagi shubhali ma'lumotlar sababli keskin tanqidlarga uchragan edi. Ossoff esa o‘z navbatida aholi uchun qulay narxlar, sog‘liqni saqlash tizimi va hokimiyat hisobdorligini ta'minlash shiorlari ostida targ‘ibot olib bordi.
Shu bilan birga, Amerika rejimining mazkur siyosiy jarayonlari ko'plab ichki ziddiyatlar va iqtisodiy xarajatlarga sabab bo‘lmoqda. Respublikachilar partiyasi mazkur shtatda o‘z mavqeini mustahkamlashni rejalashtirgan edi, chunki Jorjiya ilgari Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlagan, keyinchalik esa yana Tramp tomoniga o‘tgan edi.
Tahlilchilarning fikricha, Jon Ossoff kelgusida 2028-yilgi prezidentlik saylovlarida Demokratik partiyadan nomzod sifatida ko‘rsatilishi mumkin. U shtatning boshqa vakili, shuningdek, prezidentlik poygasida qatnashishi taxmin qilinayotgan Rafael Uornok bilan birgalikda Senatdagi o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Source: www.aljazeera.com