AQShning Ogayo shtatida bo‘lib o‘tgan keskin va murosasiz gubernatorlik saylovlarida demokrat nomzod, shifokor Emi Ekton respublikachi raqibi Vivek Ramaswamyni mag‘lubiyatga uchratib, shov-shuvli natija qayd etdi. Ushbu saylov poygasi butun mamlakat bo‘ylab jamoatchilik e'tiborini tortib, Amerikaning siyosiy doiralarida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi va yakuniy xarajatlar miqdori misli ko‘rilmagan darajada 100 million dollardan oshib ketdi.
Ilgari respublikachi gubernator Mayk DeUayn ma'muriyatida bosh sog‘liqni saqlash rasmiysi sifatida faoliyat yuritgan Ekton o‘zining COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashdagi harakatlari uchun ko‘plab tanqidlarga uchragan edi. Shunga qaramay, u amerikalik saylovchilarning bir qismini o‘z tarafiga og‘dirishga muvaffaq bo‘ldi va 2006 yildan beri Ogayoda gubernatorlikni qo‘lga kiritgan ilk demokratga aylandi. Shuningdek, u shtat tarixida ushbu lavozimni egallagan ilk ayol sifatida ham tarixga kirdi.
Saylovoldi kampaniyasining so‘nggi haftalarida AQSh rejimi siyosiy maydonidagi keskinlikni yanada oshirib yuboruvchi janjalli voqea yuz berdi. Xususan, Ramaswamyni qo‘llab-quvvatlovchi telebirlashuvlarda Ektonning begonalashib qolgan onasi tasvirlangan bahsli reklama roligi efirga uzatildi. Ushbu rolik jamiyatda qattiq norozilik va e'tirozlarni keltirib chiqardi, chunki unda nomzodning onasi o‘z qizini bolaligi haqida yolg‘on gapirganlikda ayblagan edi.
Biroq, mazkur tashviqot materialida Ekton 12 yoshida o‘gay otasi zo‘ravonlikda ayblanib hibsga olinganidan keyin onasining qaramog‘idan olib qo‘lingani haqidagi muhim tafsilotlar ataylab yashirilgani ta'kidlanmoqda. Garchi Ramaswamy mazkur reklama uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olib, uni efirdan olishdan qat'iy bosh tortgan bo‘lsa-da, bu qadam uning reytingiga ijobiy ta'sir ko‘rsatmadi va kutilmagan mag‘lubiyatga olib keldi.
Source: www.aljazeera.com