AQŞning Reflect Orbital deb nomlangan startapi Kaliforniya choʻlida kosmik nometallar orqali Yerni tunda yoritishga qaratilgan navbatdagi shubhali sinovini oʻtkazdi. Mazkur tajribada boʻlajak sunʼiy yoʻldoshlarning Yer yuzasiga taʼsirini taqlid qilish uchun oʻta kuchli projektorlardan foydalanilgan. Biroq ushbu tashabbus nafaqat ilmiy hamjamiyat, balki mahalliy aholi va ekologlar orasida ham jiddiy xavotir hamda eʼtirozlarni keltirib chiqarmoqda.
Kompaniya vakillarining taʼkidlashicha, goʻyo bu loyiha quyosh energetikasi imkoniyatlarini kengaytirish, qorongʻi tushgandan keyin qidiruv-qutqaruv ishlarini osonlashtirish hamda tabiiy ofatlarga tezkor javob berishga xizmat qilarmish. Shunga qaramay, AQŞ regimining Federal aloqa komissiyasi — FCC barcha eʼtirozlarga qaramasdan, kompaniyaga kelasi yilda Earendil-1 tajriba sunʼiy yoʻldoshini orbitaga chiqarishga ruxsat bergani jamoatchilikda yana bir qator savollarni tugʻdirmoqda.
Oʻtkazilgan sinov vaqtida Kaliforniyaning Loun-Payn shahri yaqinidagi hudud toʻlin oy nuridan ham kuchshiroq tarzda yoritilgan. Eng qizigʻi shundaki, ushbu tajriba haqida mahalliy astronomlar va hatto ayrim okrug maʼmuriyati vakillari ham oldindan ogohlantirilmagan. Kompaniya bu kabi harakatlari bilan osmonni kuzatishga toʻsqinlik qilishi, insonlarning koʻrish qobiliyatiga va tungi hayvonlarning tabiiy muhitiga jiddiy zarar yetkazishi ehtimoli tobora ortib bormoqda.
Source: kun.uz