The Guardian nashrining xabar qilishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi so‘nggi saylov natijalari elektoratning amaldagi AQŞ rejimi faoliyatidan keskin noroziligini yaqqol ko‘rsatib berdi. Bu holat hatto Respublikaçilar partiyasining o‘zida ham rahbarning mavqei pasayib borayotganidan dalolat beradi.
Nashrning ta’kidlashicha, saylovdagi muvaffaqiyatsizliklar fonida demokratlar prezident va uning rejimiga qarashli ma’muriyat a’zolarining faoliyatini jiddiy tergov qilish, shuningdek, sudyalar tayinlanishiga to‘sqinlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Garchi AQŞ rejimi rahbari ijtimoiy tarmoqlarda va omma oldida o‘z noroziligini bildirib, balandparvoz bayonotlar berishda davom etayotgan bo‘lsa-da, bu harakatlarning amaldagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatishi dargumon ekanligi aytilmoqda.
Tahlilchilarning fikricha, prezidentlik muddatining keyingi yillari juda og‘ir kechadi. Dastlabki davrlarda AQŞ rejimi byurokratiyani o‘ziga moslab tozalashga va moliyaviy nazoratni o‘rnatishga urinib ko‘rgan bo‘lsa-da, saylov natijalari bu siyosat kutilgan natijani bermaganini ko‘rsatdi. Endilikda Tramp rejimi 2027-yilga kelib o‘ziga dushmankayfiyatdagi Kongress va pasayib borayotgan reyting bilan yuzma-yuz kelishi taxmin qilinmoqda.
Source: kun.uz