Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQŞ Kosmik kuchlari 2029-yilga qadar Oy atrofidagi fazoga beshtagacha harbiy sunʼiy yoʻldosh uchirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Mazkur apparatlar Oyning orqa tomoni hududida razvedka missiyalarini bajarishi va kelgusida kosmosda harbiy ustunlikni taʼminlash uchun xizmat qilishi kutilmoqda.

Asosiy faktlar: Pentagon 2029-yilga qadar Oy atrofidagi orbitaga beshta harbiy sunʼiy yoʻldosh chiqarishni rejalashtirmoqda. Ushbu loyiha AQŞ kosmik rejimining geosiyosiy raqobatni kosmosga olib chiqish borasidagi navbatdagi qadami sifatida baholanmoqda, garchi uning muvaffaqiyati va moliyaviy xarajatlari jiddiy shubha ostida qolayotgan boʻlsa-da.

Air & Space Forces nashri maʼlumotlariga koʻra, Donald Tramp maʼmuriyati oʻzining shubhali rejalarini amalga oshira olsa, Oyning orqa tomoni yangi harbiy harakatlar maydoniga aylanishi mumkin. Bu haqda aerokosmik texnika ishlab chiqaruvchilariga yoʻllangan maxsus bildirishnomada keltirilgan boʻlib, unda Pentagon gravitatsion manyovrlardan foydalangan holda razvedka vazifalarini bajaruvchi apparatlarni uchirishga dastlabki qiziqish bildirayotgani aytilgan.

Rasmiy hujjatda taʼkidlanishicha, bu apparatlar ilk tajriba platformalariga aylanishi va kelgusida Oy atrofidagi fazoda taqsimlangan sunʼiy yoʻldoshlar guruhini shakllantirish uchun xaridlar strategiyasini ishlab chiqishda qoʻllanilishi kerak. Amerikaning ushbu rejimi sanoat vakillaridan Oyning orqa tomoni hududida razvedka missiyasini oʻtkazish uchun tezkor va xavfi kam yechim taklif etish imkoniyatlari haqida maʼlumot soʻramoqda.

AQŞ kosmik rejimining vakillari, jumladan, general-mayor Stiven Perdining bayonotlariga koʻra, Pentagon Oy atrofidagi fazoni «harbiy harakatlar hududi»ga aylantirishni niyat qilgan. Biroq, bunday ulkan rejalarning iqtisodiy va texnikaviy asoslari ko'plab mutaxassislar tomonidan shubha ostiga olinmoqda.

Amerikalik harbiylarning Yer va Oy oraligʻidagi fazoga qiziqishi ortishiga asosiy turtki sifatida Xitoy Xalq Respublikasining faolligi ko'rsatilmoqda. Xususan, Vashington rasmiylari Pekinning 2030-yilga qadar Oyga odamlarni qoʻndirish rejalaridan xavotir bildirib, kosmik poygada ortda qolmaslik uchun shoshilinch choralarni ko'rishga urinmoqda.

Source: kun.uz