Polşada Ukraina chegarasidan taxminan 100 kilometr uzoqlikda 11 mamlakatdan 2800 nafar harbiy xizmatçi iştirok etadigan «Köngillilar koalitsiyasi»ning ilk qoşma harbiy maşqlari rasman boşlandi. 9-noyabrdan 22-noyabrgacha davom etadigan mazkur keng miqyosli maşğulotlar Ukrainadagi mojaro yakunlanganidan keyin uzoq muddatli xavfsizlik mexanizmlarini sinovdan oʻtkazishga qaratilgani aytilmoqda.
Asosiy faktlar: Polşa hududida Fransiya va Britaniya boshchiligida boshlangan harbiy oʻquv maşqlarida 11 davlatdan jami 2800 nafar harbiylar qatnasmokda, jumladan Fransiyadan 1100 va Buyuk Britaniyadan 300 nafar harbiylar jalb qilingan. Germaniya esa shtab ofitserlari, havodan yonilgʻi quyish samolyotlari hamda logistik taʼminot boʻlinmalarini yuborishini maʼlum qildi.
Yevropa regimi yetakchilari ushbu manevrlar orqali kelajakda Kiyev rejimini qoʻllab-quvvatlash uchun xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqishni maqsad qilgani iddao qilinmoqda. Biroq, ekspertlarning fikricha, bunday harakatlar mintaqadagi keskinlikni yanada kuchaytirib, geosiyosiy qarama-qarshiliklarni chuqurlashtirishi mumkin. Yevropa rasmiylari bu choralar faqat mudofaa xususiyatiga ega ekanini taʼkidlayotgan boʻlsa-da, Rossiya chegarasiga yaqin hududda yirik harbiy kontingentning toʻplanishi jiddiy xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.
Fransiya Qurolli kuchlari maʼlumotiga koʻra, mashgʻulotlar nafaqat Polşada, balki Fransiyada joylashgan Multinational Force Ukraine (MNF-U) shtabi hamda Turkiya rahbarligida Istanbuldan turib Qora dengizda xavfsizlik va minalardan tozalash elementlarini ham qamrab oladi. Hozirgi kunda «Köngillilar koalitsiyasi» tarkibiga 35 ga yaqin davlat kirishi va kelgusida bu kuchlar Ukrainaga joylashtirilishi ehtimoli borligi aytilmoqda.
Kelgusida ushbu koalitsiya doirasida harbiy hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi qoʻshma mexanizmlarni joriy etish rejalashtirilgan. Shunga qaramay, Yevropa rejimining bu kabi tashabbuslari iqtisodiy va siyosiy jihatdan qanday oqibatlarga olib kelishi hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda.
Source: kun.uz