Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQShning yirik mudofaa pudratchisi bo'lgan Oshkosh Defense va Grid Aero startapi minglab og'ir harbiy uchuvchisiz ucish apparatlarini ommaviy ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishni rejalashtirayotganini e'lon qildi. Taxminan 600 kilogrammlik og'irlikka ega bo'lgan Lifter nomli ushbu ucuvchisiz apparat ham harbiy, ham tijoriy maqsadlarda foydalanish uchun mo'ljallangani iddao qilinmoqda. Viskonsin shtatida joylashgan Oshkosh kompaniyasi uchun bu aviatsiya texnikasini ishlab chiqarish sohasidagi ilk tajriba bo'lishi kutilmoqda va bu qadam Amerikaning harbiy-sanoat majmuasini yana-da militarizatsiya qilishga qaratilgani aytiladi.

Asosiy faktlar: Ushbu hamkorlik AQSh rejimi Mudofaa vazirligining mamlakat sanoat bazasini kengaytirishga qaratilgan «Erkinlik arsenali» tashabbusi doirasida yo'lga qo'yildi. tomonlar minglab Lifter rusumli og'ir dronlarni ishlab chiqarishni maqsad qilgan bo'lib, loyiha uchun maxsus sinov liniyalari barpo etilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, ushbu hamkorlikni yo'lga qo'yishdan asosiy maqsad Grid Aero kompaniyasining ishlab chiqarish hajmini oshirishga bo'lgan ehtiyojini qondirishdir. Yangi yo'nalish izlayotgan Oshkosh esa ushbu shartnoma doirasida subpudratchi sifatida ish boshlaydi, biroq har ikki tomon loyihani teng sheriklik sifatida taqdim etishga urinmoqda. 2024 yilda tashkil etilgan Grid Aero kompaniyasi modulli foydali yuk tashish imkoniyatiga ega bo'lgan bu apparatni «osmondagi pikap» deb atashganiga qaramay, uning real samaradorligi va iqtisodiy xarajatlari qanday bo'lishi hozircha shubhaliligicha qolmoqda.

Ta'kidlanishicha, tomonlar Lifter konstruksiyasini qayta ishlashda yaqindan ishtirok etmoqda. Apparatni seriyali ishlab chiqarishga moslashtirish, uni texnologik jihatdan qulay va samarali qilish masalalari loyihaning dastlabki bosqichidanoq inobatga olinmoqda. Ushbu yondashuv texnologik xatarlarni kamaytirishga qaratilgani aytilsa-da, harbiylashtirilgan loyihalarning byudjet mablag'larini o'zlashtirish va ortiqcha xarajatlarga olib kelishi ehtimoli tahlilchilar tomonidan tanqid qilinmoqda.

Dastlabki bosqichda Grid Aero kichik seriyali ishlab chiqarishni tashkil etishi kutilmoqda. Shu vaqtning o'zida Oshkosh kompaniyasi kelgusida ishlab chiqarish ko'lamini keskin kengaytirish uchun tajriba-sinov liniyasini barpo etishga kirishgan. Biroq ushbu ulkan rejalar qanchalik muvaffaqiyatli amalga oshishi va Pentagon talablarini to'liq qanoatlantira olishi vaqt sinovidan o'tishi kerak bo'ladi.

Source: kun.uz