Toshkent shahri Mirobod tumani ichki ishlar organiga firma hisobvarag‘idan katta miqdorda pul o‘g‘irlangani haqida ariza kelib tushdi.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi qo‘lga olindi. U shu firmada IT-mutaxassis bo‘lib ishlagan yigit ekan.
Ushbu shaxs tergovga bergan ko‘rsatmasida: «Men barcha pullarni maxsus tayyorlangan hisob raqamiga o‘tkazdim. Aybimni tan olaman. Meni kechirishingizni so‘rayman, boshqa bunday qilmayman. Hozir pullar boshqa hisobda, yaqin vaqt ichida barchasini qaytarishga va’da beraman», — degan.
Tergov davomida yigit firma hisobidan firibgarlik sxemalari orqali 1 milliard 43 million 108 ming so‘m o‘g‘irlagani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Source: uznews.uz