Andijon viloyatida Jalaquduq tumani suv ta'minoti filiali rahbari fuqarodan 8,5 ming dollar talab qilib, pora olishga urinayotganda qo'lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, “Andijon suv ta'minoti” AJ Jalaquduq tuman filiali boshlig'i mahalliy aholidan biriga uyini kanalizatsiya tarmog'iga ulash uchun texnik shartlarni rasmiylashtirishda yordam berish evaziga pul talab qilgan. U pul o'tkazish uchun vositachi jalb qilgan.
Huquq-tartibot organlari vositachini pulni olayotgan paytda ushlagan. Holat yuzasidan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Pskent tumanida suv ta'minotini yaxshilash loyihasi bilan bog'liq yirik korrupsiya sxemasi fosh etilgan edi.
Source: podrobno.uz