Qirg'iziston Oliy Kengashi raisi Nuronbek Turg'unbek o'g'li iste'foga chiqdi. U o'z qarori haqida payshanba kuni parlament yig'ilishida e'lon qildi.

"O'tgan voqealardan so'ng, muhim deb hisoblaymanki: men bir yoki ikki kishiga emas, balki davlat va xalqqa xizmat qilaman. Men o'z ixtiyorim bilan iste'foga chiqishga qaror qildim," dedi u.

Turg'unbek o'g'lining so'zlariga ko'ra, u parlament deputati sifatida ishini davom ettiradi.

"Men hech qachon bir yoki ikki kishi uchun ishlamaganimni ta'kidlamoqchiman, har doim mamlakat va qirg'iz xalqi manfaatlarida harakat qildim. Bu vaqt ichida men muhim va zarur qarorlarni qabul qilishga o'z hissamni qo'shdim. Men hech qayerga ketmayman, deputat sifatida ishlayman. Biz siyosiy barqarorlikni saqlash uchun fitnasiz ishlashni o'rganishimiz kerak," deb ta'kidladi u.

Rais shuningdek, parlament delegatsiyasi Turkiyadan samarali ish safari amalga oshirilganidan keyin qaytganini aytdi.

Ilgari OAVda Oliy Kengash rahbari Turkiyadan qaytgandan keyin iste'foga chiqishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. Bu xabarlar Davlat Milliy Xavfsizlik Qo'mitasi rahbari Kamchibek Tashiyevning iste'fosi fonida eshitildi.

Source: kun.uz